Hurmatli talabamiz,
AÖF Xorijiy dasturlari 2025-2026 o‘quv yili Kuzgi semestr yakuniy imtihoni 2026-yil 14–15-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Imtihonga kirish ruxsatnomalarini Talabalar axborot tizimi (aosogrenci.anadolu.edu.tr) orqali JSHSHIR (PİNFL) / Talaba raqamingiz va parolingiz bilan kirib yuklab olishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot tizimda ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta manzilingizga yuborildi.
Muvaffaqiyatlar tilaymiz.